13:36 / 19.09.2024
73

Olimpiada qatnashchisini yoqib, o‘limiga sababchi bo‘lgan yigitning o‘zi ham vafot etdi

Olimpiada qatnashchisini yoqib, o‘limiga sababchi bo‘lgan yigitning o‘zi ham vafot etdi
Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan Olimpiadada Uganda sharafini himoya qilgan sportchi Rebekka Cheptegeining sobiq sevgilisi Dikson Ndiema sportchiga qilingan hujum paytida olgan kuyish jarohatlaridan vafot etdi, deb xabar bermoqda Reuters.

5 sentyabr kuni Cheptegei 33 yoshida vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Avval xabar qilinganidek, Ndiema janjal paytida unga benzin sepib, yoqib yuborgandi. Erkakning o‘zi ham kuygan va kasalxonaga yotqizilgandi.

U dushanba kuni kechqurun jarohatlar va kuyishlar tufayli vafot etdi”, deydi Keniyaning Eldoret shahridagi kasalxona vakili.

Ma’lumot uchun, Cheptegei Fransiya poytaxtida bo‘lib o‘tgan Olimpiadada marafonda 44-o‘rinni egalladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimpiada qatnashchisini yoqib, o‘limiga sababchi bo‘lgan yigitning o‘zi ham vafot etdi