
Gollivud aktrisasi Anjelina Joli AQSHning eng tajribali plastik jarrohlardan biriga murojaat qilishga majbur bo‘ldi, chunki uning o‘g‘li Paks Joli-Pitt tibbiy yordamga muhtoj.

Foto: Page Six
Yulduzning merosxo‘rlaridan biri Paks joriy yilning iyul oyida elektr velosiped haydash vaqtida baxtsiz hodisaga uchradi. U uzoq vaqt kasalxonada davolandi va kuni kecha birinchi marta onasi bilan omma oldiga chiqdi. Yigitning peshonasidagi katta chandiq darhol internet foydalanuvchilarining e’tiborini tortdi.

Foto: Daily Mail
“Joli o‘g‘lining yuzida hech qanday chandiq qolmasligiga ishonch hosil qilish uchun Los-Anjelesdagi eng nufuzli plastik jarrohdan yordam so‘radi. U farzandlari uchun barcha narsaga tayyor turadi. Anjelina shifokorga shaxsan o‘zi qo‘ng‘iroq qilgan va tibbiy maslahat olish paytida o‘g‘lining yonida bo‘lgan”, deb yozadi Daily Mail nashri.

Foto: Daily Mail
Ma’lumot uchun, Paks Joli-Pitt yozda elektr velosiped haydash vaqtida yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmagani sabab jiddiy avariyaga uchragan va shifoxonaga yotqizilgan. Paksning do‘stlari aytishicha, yigit hayotini xavf ostiga qo‘yib bo‘lsa-da, turli tryuklar qilishni yaxshi ko‘radi va haydash vaqtida ko‘pincha himoya shlemidan foydalanmaydi.

Foto: Daily Mail “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar