Foto: Getty Images
AQSH Harbiy-dengiz kuchlari 2027 yilgacha Xitoyga qarshi harbiy harakatlar o‘tkazish imkoniyatiga tayyorlanmoqda, deyiladi admiral Liza Franketti tomonidan tayyorlangan hujjatda.
Navigatsiya rejasi (NAVPLAN) ikkita strategik maqsadga erishishga qaratilgan: 2027 yilgacha Xitoy Xalq Respublikasi bilan ehtimoliy urushga tayyorlikni ta’minlash va dengiz flotining uzoq muddatli ustunligini kuchaytirish.
Franketti o‘z rejasida Xitoy rahbari Si Jinping tomonidan o‘z armiyasini 2027 yilgacha «jahon darajasidagi» darajaga yetkazishga haqidagi ikki yil avval aytilgan bayonotiga e’tibor qaratdi.
Shuningdek, hujjatda Rossiya harbiy-dengiz floti «Qora dengizdagi yo‘qotishlarga qaramay, Uzoq Shimolda, Atlantika, O‘rta Yer dengizi, Boltiqbo‘yi va Shimoliy Tinch okeanida jangovar kuchini saqlab qolgani» haqida qisqacha eslatib o‘tiladi.
G‘arb davlatlari Xitoyning Tayvanga nisbatan siyosatini bir necha bor tanqid qilib, orolga bostirib kirilgan taqdirda harbiy choralar ko‘rish bilan tahdid qilib kelmoqda. 2022 yilda qabul qilingan Shimoliy Atlantika alyansi konsepsiyasida Xitoy «tizimli muammo» deb nomlangan.
Iyun oyida AQSH Hind-Tinch okeani qo‘mondonligi rahbari admiral Samuel Paparo agar Xitoy Tayvanga hujum qilsa, AQSH Tayvan bo‘g‘ozida «dronlar do‘zaxini» uyushtirmoqchi ekanini aytgan edi.
Xitoy Tayvanni o‘zining ajralmas hududi deb biladi va orol hukumatiga har qanday tashqi yordamni, shu jumladan xorijiy delegatsiyalar tashrifini Xitoy suverenitetini buzish deb hisoblaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi