Foto: Sergey Vedyashkin
Rossiya hukumati «rus ma’naviy va axloqiy qadriyatlariga zid bo‘lgan buzg‘unchi munosabatlarni o‘rnatadigan» mamlakatlar ro‘yxatini taqdim etdi. Tegishli hujjatni 20 sentyabr, juma kuni Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin imzoladi.
Umuman olganda, ro‘yxatga 47 ta davlat va hudud, jumladan, Yevropa Ittifoqining deyarli barcha mamlakatlari, Slovakiya va Vengriya, shuningdek, AQSH, Britaniya, Ukraina, Yaponiya, Tayvan va hatto Mikroneziya, Andorra va Bahama orollari kiritilgan.
TASS Rossiya davlat agentligining xabar berishicha, davlatlar ro‘yxati Vladimir Putinning «an’anaviy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga ega» xorijliklarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi farmoniga muvofiq tasdiqlangan. Shunday qilib, agentlikning tushuntirishicha, ushbu davlatlar rezidentlari «o‘z mamlakatlarining buzg‘unchi mafkuraviy ko‘rsatmalarini rad etgan taqdirda» soddalashtirilgan tartibda Rossiyada vaqtinchalik yashash huquqiga ega bo‘lishlari mumkin.
Rossiya qadriyatlariga xayrixoh chet elliklar uchun insonparvarlik yordami
2024 yil avgust oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin «an’anaviy rus ma’naviy-axloqiy qadriyatlariga xayrixoh» xorijliklarga gumanitar yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, o‘z vatanidagi «buzg‘unchi neoliberal mafkuraviy ko‘rsatmalar»ga rozi bo‘lmagan shaxslar soddalashtirilgan tartibda Rossiya Federatsiyasida vaqtinchalik yashash uchun ruxsat so‘rashlari mumkin bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”