Foto: Google Images
Buyuk Britaniya va AQSH yaqin haftalarda Ukrainaga Storm Shadow raketalari bilan Rossiya hududiga zarbalar berishiga ruxsat berishni rejalashtirmoqda, deb yozadi The Times gazetasi g‘arb diplomatlariga tayanib.
Unga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaga zarba berishni boshlamaguncha, bu ma’lumotni yashirish rejalashtirilgan.
The Times nashrining yozishicha, britaniyalik va amerikalik diplomatlar Ukraina bilan maxfiy kelishuv imzolanishiga ruxsat berishmoqda, shu bois bu haqda kelasi hafta BMT Bosh assambleyasi yig‘ilishida e’lon qilinmaydi. Tadbirda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham ishtirok etadi. Nashr manbalaridan biri AQSH prezidenti ma’muriyati noyabrdagi saylovlar oldidan qaror qabul qilish uchun tezroq harakat qilmoqchi ekanini ta’kidladi.
O‘tgan hafta The Times AQSH prezidenti Jo Bayden Ukrainaga Rossiyadagi nishonlarga Storm Shadow bilan hujum qilishiga ruxsat berishi mumkinligini yozgan edi. U o‘tgan hafta oxirida Britaniya Bosh vaziri Key Starmer bilan bu masalani muhokama qilgan, biroq bu borada hech qanday ma’lumot e’lon qilinmagan.
Buyuk Britaniya va Fransiya cheklovlarni olib tashlash tarafdori, ammo AQSH pozitsiyasi tufayli Ukrainaga ruxsat bermadi. G‘arb yetakchilari tomonidan bu masala bo‘yicha muhokamalarni sharhlar ekan, prezident Vladimir Putin Rossiyaga zarba berish uchun uzoq masofali qurollardan foydalanishga ruxsat berish AQSH va boshqa NATO davlatlarining harbiy mojaroda bevosita ishtirok etishini anglatishini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari