20:07 / 21.09.2024
49

Germaniyada Motsartning ilgari noma’lum bo‘lgan asari topildi

Germaniyada Motsartning ilgari noma’lum bo‘lgan asari topildi
Foto: SCANPIX /Sebastian Willnow/dpa
Germaniyaning dpa axborot agentligi 19 sentyabr kuni xabar berishicha, bu Volfgang Amadey Motsart tomonidan o‘smirlik chog‘ida yozilgan Serenate ex C nomli 12 daqiqalik asardir. U boshqa notalar qatorida Leypsig musiqa kutubxonasida saqlangan va Motsart asarlarining xronologik tartibda to‘liq ro‘yxati — Kyoxel katalogi (Köchelverzeichnis) deb nomlangan asarni qayta nashr etishga tayyorgarlik jarayonida topilgan.

Mutaxassislarning fikricha, piyesa yosh daho tomonidan 1760-yillarning oxirlarida, 10-13 yoshlar oralig‘ida yozilgan. Kompozitsiya Motsart asarlariga juda o‘xshaydi, ammo hozirgacha uning muallifligi 100 foiz isbotlanmagan. Shu bilan birga, Motsarteum xalqaro fondi musiqashunosi Ulrix Layzinger boshqa bastakorlarning muallifligini istisno qilishga tayyor va gap yosh Motsartning «shu paytgacha noma’lum va mutlaqo jozibali» ishi haqida ketayotganini ta’kidlamoqda.

21 sentyabr, shanba kuni topilma Leypsig opera teatrida keng ommaga taqdim etiladi. Piyesa omma oldida ijro etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada Motsartning ilgari noma’lum bo‘lgan asari topildi