09:58 / 22.09.2024
28

Sitsiliyada cho‘kib ketgan yaxtada muhim maxfiy ma’lumotlar bo‘lgan

Sitsiliyada cho‘kib ketgan yaxtada muhim maxfiy ma’lumotlar bo‘lgan
Foto: CNN
Avgust o‘rtalarida Italiya janubidagi Palermo qirg‘oqlari yaqinida cho‘kib ketgan Bayesian superyaxtasi ichida g‘arb razvedka xizmatlariga aloqador maxfiy ma’lumotlar bo‘lgan bo‘lishi mumkin, deb xabar beradi CNN.

Qayd etilishicha, yaxtadagi suv o‘tkazmaydigan seyflarda maxfiy ma’lumotlarga ega superhimoyalangan ikkita tashqi tashuvchi disk bo‘lgan.

CNN versiyasiga ko‘ra, ushbu ma’lumotlar butun dunyo maxsus xizmatchilari uchun ahamiyatli bo‘lgani bois, g‘avvoslar kema cho‘kib ketgan joyda qo‘riqlash ishlarini kuchaytirishni so‘ragan.

Ta’kidlanishicha, avvaliga mahalliy huquq-tartibot organlari o‘g‘rilar yaxtadagi zargarlik va boshqa qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlab ketishidan xavotirga tushgan, ammo endilikda ularni maxfiy ma’lumotlar ko‘proq tashvishga solmoqda.

Qiymati 35 million yevro turadigan 56 metrli Bayesian yaxtasi 19 avgust kechasi Portichello shahri sohillari yaqinida tornado oqibatida cho‘kib ketgandi. Kema ichida Buyuk Britaniyada texnologiya sohasidagi eng muvaffaqiyatli tadbirkorlardan biri Maykl Linch hamda uning 18 yoshli qizi ham bo‘lgan.

Linchni «britaniyalik Bill Geyts» deb atashardi. U Buyuk Britaniyadagi eng yirik dasturiy ta’minotlardan biri Autonomy'ni yaratib, 2011 yilda 11 milliard dollarga HP kompaniyasiga sotishga uringan. Ammo Amerika texnologik giganti uni firibgarlikda ayblaganidan keyin bitim barbod bo‘lgan. Iyun oyida u San-Fransisko sudi tomonidan barcha ayblovlardan oqlangan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sitsiliyada cho‘kib ketgan yaxtada muhim maxfiy ma’lumotlar bo‘lgan