Foto: EPA-EFE
Rossiya Ukraina o‘tkazmoqchi bo‘lgan ikkinchi tinchlik sammitida ishtirok etmaydi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
Rossiya vakillari “Byurgenshtok” jarayoni doirasidagi hech qanday uchrashuvda qatnashmagan va qatnashish niyatida ham emas, dedi Zaxarova.
U Ukraina va jahon hamjamiyatini “Rossiyaga taslim bo‘lish ultimatumini taqdim etish” niyatida aybladi. Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 2024 yil noyabrga rejalashtirilgan navbatdagi Global tinchlik sammiti tashkilotchilari Rossiyani ham taklif qilmoqchi ekanini aytgandi.
Bundan tashqari, Zelenskiy sentyabr oyida AQSH prezidenti Jo Bayden bilan urushni tugatishning “g‘alaba rejasi” muhokama qilishini bildirdi. U o‘z strategiyasini AQSH prezidentligiga nomzodlar Kamola Harris va Donald Trampga ham taqdim etmoqchi.
Zelenskiy g‘alaba Ukraina uchun “juda kuchli diplomatiyaga tayyor” bo‘lishni anglatishi, shu sababli mazkur reja tayyorlanganini aytgandi.
Tinchlik sammitidan oldin shaxsan Jo Bayden bilan kuchli pozitsiyada bo‘lishimiz uchun bizni qanday mustahkamlash haqida gaplashaman. Chunki kuchli bo‘lsangiz, diplomatik yechimlar samarali bo‘ladi. Aks holda, Putin bu jarayonda ishtirok etmaydi, degan u.
Zelenskiy “g‘alaba rejasi” xavfsizlik, Ukrainaning geosiyosiy o‘rni, kuchli harbiy va iqtisodiy yordamni o‘z ichiga olishini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi