
Foto: IHA
Turkiyaning Nevshehir provinsiyasida 18 kishidan iborat sayyohlar guruhini olib ketayotgan mikroavtobus halokatga uchradi. Bu haqda IHA agentligi xabar berdi.
Mikroavtobus Ajigel shahri yaqinida haydovchi yog‘ingarchilik tufayli boshqaruvni yo‘qotganidan keyin ag‘darilgan. Sayyohlar Kappadokiyadan Antaliyaga qaytayotgan bo‘lgan. Hodisa oqibatida 15 nafar xorijlik sayyoh, ikki nafar haydovchi va gid jabrlangan.

Foto: IHA

Foto: IHA

Foto: IHA

Foto: IHA
Voqea joyiga tez yordam, politsiya va o‘t o‘chiruvchilar yuborilgan. Jabrlanganlar shahar shifoxonalariga yetkazilib, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Iyul oyi boshida ham Antaliyada baxtsiz hodisa yuz bergandi. O‘shanda avtobusda jami 20 nafar — 16 nafar rossiyalik va to‘rt nafar belaruslik sayyoh jarohatlangan, mikroavtobus haydovchisi esa vafot etgan. Hodisa ular Alaniya mehmonxonalaridan aeroportga ketayotganda sodir bo‘lgan.
Turkiyada SayyohlarMikroavtobus HalokatKappadokiya AntaliyaTez YordamHaydovchi Yog‘ingarchilikJabrlanganlar Tibbiy yordam O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing