Foto: SpaceX
Amerikaning SpaceX kompaniyasi yaqin ikki yil ichida Marsga “beshga yaqin” ekipajsiz Starship kosmik kemalarini uchirmoqchi. Bu haqda Ilon Mask ma’lum qildi.
"Agar ularning barchasi eson-omon qo‘nsa, to‘rt yildan so‘ng ekipaj bilan parvoz qilish mumkin. Agar muammolar yuzaga kelsa, ekipaj bilan parvozlar yana ikki yilga kechiktiriladi", deyiladi xabarda.
Maskning ta’kidlashicha, sinovlar orasidagi ikki yillik muddat sayyoralarning “bir chiziqqa tizilishi” bilan bog‘liq bo‘lib, bu hodisa har ikki yilda bir marta yuz beradi. Shu sababli, sinovlarni o‘tkazish imkoniyati ham ikki yillik davriylikka ega.
Biznesmen, shuningdek, “geometrik progressiyada” SpaceX kosmik kemalarini ishlab chiqarish va Marsga parvozlarni amalga oshirishning o‘sishini prognoz qilmoqda.
"Biz kosmik sayohatchi bo‘lishni istagan har bir inson Marsga borishini istaymiz! Bu siz, oilangiz yoki do‘stlaringiz — buyuk sarguzashtlarni orzu qilganlarning barchasini anglatadi. Oxir-oqibat Marsga minglab Starship kemalari jo‘natiladi va bu ajoyib tomosha bo‘ladi! Tasavvur qilyapsizmi?", deydi Mask. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”