Foto: Getty Images
AQSH Mudofaa vazirligi vakili general-mayor Pet Rayder Yaqin Sharqqa qo‘shimcha qo‘shin yuborilishi haqidagi qarorni ma’lum qildi. U qancha qo‘shimcha kuchlar kiritilishi va ular qanday vazifalarni bajarishiga aniqlik kiritmadi, deb yozdi «Kommersant».
Pentagon vakilining aytishicha, Mudofaa vaziri Lloyd Ostin isroillik hamkasbi Yoav Gallant bilan telefon suhbatlari o‘tkazgan va o‘t ochishni to‘xtatishni va kuchlarni Yaqin Sharqdagi keskinlikni kamaytirish uchun yo‘naltirishni so‘ragan.
«Keskinlikni hisobga olsak, mintaqaviy mojaroning kengayib ketish ehtimoli bor. Menimcha, bu hali boshlangani yo‘q, lekin vaziyat xavfli», dedi Rayder.
Isroil va Livan o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgani sababli, AQSH Davlat departamenti avvalroq Livandagi amerikaliklarga tijoriy reyslar mavjud bo‘lgan paytda mamlakatni tark etishni tavsiya qilgan edi. Departament, shuningdek, qolishga qaror qilganlarga elchixona yordam bera olmasligidan ogohlantirdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi