Foto: “tengri.news”
Global Peace Index (GPI) ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda Qozog‘iston Yevrosiyo mintaqasidagi eng tinch davlat sifatida e’tirof etildi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yilga nisbatan mamlakatning jahondagi umumiy reytingi 10,8 foizga yaxshilangan, bu esa reytingning 78-o‘rindan 59-o‘ringa ko‘tarilishiga sabab bo‘lgan.
Biroq ko‘rsatkichlar yaxshilanganiga qaramay, noqulay ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va aholining noroziligi tufayli mamlakatda ichki nizolar kelib chiqish xavfi prognoz qilingan.
“Qozog‘iston barcha sohalarda yaxshilanishlarni qayd etdi. Eng sezilarli yaxshilanishlar zo‘ravonlik namoyishlari, ichki nizolarning intensivligi, yadroviy va og‘ir qurollarning, shuningdek, qurollarni import qilish yo‘qligi ko‘rsatkichlarida kuzatilgan”, deydi Tinchlik instituti xalqaro ekspertlari.
Ekspertlarga ko‘ra, “2022 yilgi tartibsizliklarga sabab bo‘lgan ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy omillar va shikoyatlar hal etilmagan hamda mamlakatda yomonlashib borayotgan siyosiy terrorchilik bu mojaro muammolari yaqin kelajakda qaytalanishi mumkinligini ko‘rsatmoqda”.
Mutaxassislarning qo‘shimcha qilishicha, 2024 yilda Rossiya va Yevrosiyo mintaqasi boshqa hududlarga nisbatan ko‘rsatkichlar bo‘yicha eng ko‘p yaxshilanishni boshdan kechiradi, shu bilan birga, mintaqadagi osoyishtalikning o‘rtacha darajasi 0,6 foizga oshgan.
“Bu o‘tgan yil davomida tinchlik darajasi yaxshilangan dunyodagi yagona mintaqa edi, ammo 2024 yilda Ukraina—Rossiya mojarosi tufayli mintaqadagi tinchlik darajasi pastligicha qolmoqda. Joriy yilda mintaqaning 12 davlatidan to‘rttasida tinchlik holati yaxshilangan, sakkiztasida esa yomonlashgan”, deyiladi tadqiqotda.
Yevrosiyo mintaqasidagi mamlakatlarning 2024 yildagi GPI bo‘yicha reytingi:
Qozog‘iston – 59-o‘rin;
O‘zbekiston – 60-o‘rin;
Moldova – 63-o‘rin;
Tojikiston – 71-o‘rin;
Armaniston – 76-o‘rin;
Qirg‘iziston – 77-o‘rin;
Turkmaniston – 82-o‘rin;
Gruziya - 100-o‘rin;
Ozarbayjon – 106-o‘rin;
Belarus – 112-o‘rin;
Rossiya - 157-o‘rin;
Ukraina – 159-o‘rin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”