Foto: Getty Images
Apple kompaniyasi Rossiya App Store do‘konidan 98 ta VPN-ilovani o‘chirib tashladi, deb xabar beradi GreatFire loyihasi.
Qayd etilishicha, oxirgi ikki oyda — iyul boshidan 18 sentyabrgacha — kompaniya qariyb 60 ta VPN-ilovani o‘chirib tashlagan. Senzuraga uchraydigan saytlar holatini kuzatib boruvchi loyihaga ko‘ra, VPN-ilovalarning 20 foizdan ortig‘i Apple tomonidan ommaviy ogohlantirishsiz bloklangan.
4 iyul kuni «Roskomnadzor» Apple o‘zining App Store do‘konidagi 25 ta VPN-ilovani Rossiya hududida bloklab qo‘yganini ma’lum qilgandi.
«Apple tomonidan 60 ta VPN-ilovaning yashirincha o‘chirilishi nafaqat vahima keltirib chiqaradi — bu raqamli erkinlik va maxfiylikka to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdiddir. Bunday muhim vositalardan shaffoflik yoki tegishli jarayonsiz foydalanishni bir tomonlama cheklash, Apple kompaniyasini hukumat senzurasini qo‘llashga aloqador qilib qo‘yadi. Biz Apple'dan inson huquqlari sohasidagi o‘z majburiyatlarini bajarishini va ushbu harakatlari uchun tushuntirish berishini talab qilamiz», — deydi App Censorship loyihasi direktori Benjamin Ismail.
Rossiyada VPN-servislarni bloklash Ukrainaga qarshi to‘laqonli urushdan oldin boshlangan, ammo oxirgi vaqtlarda foydalanuvchilar bunga ko‘proq duch kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Xitoy hukumati talabi bilan Apple bir qator ilovalar – WhatsApp, Telegram, Signal, Line va Threads messenjerlarini xitoycha App Store'dan olib tashlagandi. Mamlakat kibermakon ma’muriyatiga ko‘ra, mazkur ilovalarning ayrimlari XXR yetakchisi haqidagi «shubhali» siyosiy kontentni o‘zida saqlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi