31
Tramp: “Harris AQSH vitse-prezidentlari ichida iqtisodiyotga eng ko‘p zarar yetkazgani bo‘ldi”
Foto: Reuters
Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Trampning fikricha, vitse-prezident Kamala Harrisning xatti-harakatlari mamlakat iqtisodiga o‘zidan oldingi vitse-prezidentlardan ko‘ra ko‘proq zarar keltirgan.
“Tarixda hech bir vitse-prezident AQSH iqtisodiyotiga Kamala Harrisdan ko‘ra ko‘proq zarar keltirmagan”, dedi Tramp Shimoliy Karolinada saylovchilar bilan uchrashuvda.
“To‘rt yil oldin bizning mamlakatimizdan qo‘rqishar va hurmat qilishardi. Hozir unday emas. Biroq bizning mamlakatimiz tez orada yana hammaga qo‘rquv solib, barchaning hurmatiga sazovor bo‘ladi. Hech qanday tahdid meni cho‘chitolmaydi. Hech qanday dushman meni qo‘rqitmaydi”, deya qo‘shimcha qildi Tramp.
Avvalroq Donald Tramp Eron tomonidan o‘lim tahdidi haqida ogohlantirilgani xabar berilgandi.
“Maxsus xizmatlar so‘nggi oylarda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Trampga qarshi doimiy va muvofiqlashtirilgan hujumlar soni ko‘payganini aniqladi. Bu o‘lim tahdidlarining maqsadi AQSHni beqarorlashtirish va uni tartibsizlik holatiga tushirishdir”, dedi Tramp saylovoldi kampaniyasi tashviqotchisi Stiven Chung.
O‘tgan hafta Federal qidiruv byurosi (FQB) va boshqa AQSH razvedka agentliklari eronlik xakerlar Trampning saylovoldi shtabi ma’lumotlarini o‘g‘irlab, amaldagi prezident Jo Baydenning saylovoldi shtabiga jo‘natgani haqida xabar bergan edi. Avgust oyida esa Tramp jamoasi xakerlik hujumiga uchragandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Italiya klubi yangi bosh murabbiyni bir kunda haydab yubordi...
"JCH-2026" saralashi. O‘zbekiston qiyinchilik bilan KXDRni mag‘lub etdi
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi