Foto: Reuters
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 27 sentyabr, juma kuni Nyu-Yorkdagi «Tramp-tauer» osmono‘par binosida AQSH prezidentligiga nomzod Donald Tramp bilan uchrashdi. 40 daqiqa davom etgan suhbat davomida Tramp bo‘lajak prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Ukrainadagi urushni tugatishini yana bir bor ta’kidladi. Ukraina yetakchisi bilan suhbatdan so‘ng Tramp ikkalasi ham «adolatli kelishuv»ni istashlarini ta’kidladi.
«Bizning (Zelenskiy bilan) munosabatlarimiz juda yaxshi, o‘zingizga ma’lumki, men prezident Putin bilan juda yaxshi munosabatdaman va o‘ylaymanki, agar biz (Respublikachilar partiyasi) g‘alaba qozonsak, hammasini juda tez hal qilamiz», dedi Tramp uchrashuv oldidan jurnalistlarga. Zelenskiyning Trampning Ukraina bilan munosabatlari Rossiya Federatsiyasiga qaraganda yaxshiroq degan so‘zlariga javoban AQSHning sobiq prezidenti: «Tango uchun ikki kishi kerak bo‘ladi», deb javob berdi.
Zelenskiy: Putin g‘alaba qozona olmaydi
O‘z navbatida, Volodimir Zelenskiy Rossiya Federatsiyasi va Ukraina o‘rtasidagi urush boshlanmasligi kerak bo‘lgani, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga esa «bu urushni to‘xtatish uchun bosim o‘tkazish» kerakligini ta’kidladi. «U bizning hududimizda joylashganini tushunish kerak», — deya ta’kidladi Ukraina rahbari.
Tramp Zelenskiy ham, Putin ham urush tugashini xohlashini ta’kidladi. «Agar men g‘alaba qozonsam, biz (urush) adolatli yakun topishini ko‘ramiz», dedi Amerikaning sobiq prezidenti.
Uchrashuvdan so‘ng Zelenskiy Trampni Ukrainaga tashrif buyurishga taklif qildi va u buni «albatta» qilishini aytdi.
Keyinchalik, AQSHning sobiq prezidenti bilan suhbatni izohlar ekan, Zelenskiy uni «juda samarali» deb atadi. «Ukrainadagi urushni to‘xtatish kerak degan umumiy fikrga egamiz. Putin g‘alaba qozona olmaydi. Ukrainaliklar g‘alaba qozonishi kerak», deb yozadi u. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi