
Qozog‘iston ichki ishlar vaziri Kalmuxanbet Kasimov Olmaota viloyatida uch aka-ukaning o‘ldirilishi tafsilotiga oydinlik kiritdi. Bu haqda "Kazinform" saytiga asoslanib "Kun" xabar bermoqda.
"Gap shundaki, jinoyatchilar Jambil tumanidan bo‘lgan. Ular chorva bozoriga kelishadi va toldiqo‘rg‘onlik savdogarlarga chorvalarini ulgurji sotishni taklif etadi. Jinoyatchilar yolg‘on yo‘li bilan ular yashaydigan joyga yo‘l olishadi va o‘sha erda ularni (aka-ukalar) o‘ldirishadi.
Ular o‘g‘irlangan chorva mollari va o‘liklarni mashinalariga ortishganida u botqoqqa botib qoladi.shunda jinoyatchilar mahalliy odamlardan yordam so‘rashadi", - dedi Kasimov Qozog‘iston hukumati majlisida.
Ayni damda jinoyatchilar qo‘lga olingan, qotillik qurollari olib qo‘yilgan.
"Qo‘lga olinganlar jinoyat joyini va murdalar ko‘milgan erni ko‘rsatishga rozi bo‘lishdi. Bugun qurbonlarni dafn etish marosimi bo‘lib o‘tadi. 36 bosh chorva qaytarib berildi", - dedi Kasimov.
Qozog‘iston bosh vaziri Bakitjan Sagintaev IIV rahbariga shaxsan o‘zi ushbu qotillikni surishtirishga ko‘rsatma berdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar