Foto: Prakash Mathema / AFP / Scanpix / LETA
Nepalda kuchli suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida kamida 101 kishi halok bo‘ldi, yana 64 kishi bedarak yo‘qoldi, deb xabar berdi 29 sentyabr, yakshanba kuni politsiya. Qurbonlar soni ortishi kutilmoqda.
Ayniqsa, Nepal poytaxti Katmandu atrofidagi hududlar jiddiy zarar ko‘rdi, daryolar qirg‘oqlaridan toshib, uylarni suv bosdi. Ko‘chkilar tufayli bir qancha avtomobil yo‘llari to‘sib qo‘yilgan. Odamlar balandroq yerga ko‘tarilishga intilib, ko‘ksigacha suvga botib qolmoqda. 29 sentyabr kuni ertalabki holatga ko‘ra, deyarli 3300 kishi qutqarib olindi.
Keng miqyosdagi qutqaruv operatsiyasi
Qutqaruv operatsiyasiga 3 ming kishi, vertolyotlar va motorli qayiqlar jalb qilingan. Ba’zi qutqaruvchilar jabrlanganlarni xavfsiz joylarga tashish uchun yog‘ochlardan foydalanyapti. Katmandudan va shaharga ichki reyslar tiklandi. Ikki kun oldin parvozlar bekor qilingani sababli yuzlab odamlar aeroportlarda qolib ketgan edi.
Janubiy Osiyoda suv toshqinlari iyundan sentyabrgacha davom etadigan yomg‘irlar mavsumida tez-tez sodir bo‘ladi. Bu davrda hududga yillik yog‘ingarchilikning 70-80 foizi tushadi. Mutaxassislarning fikricha, iqlim o‘zgarishi tobora ko‘proq va shiddatliroq toshqinlarga olib kelmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi