Foto: TASS
Falastinning HAMAS harakati Tel-Aviv janubidagi Yaffa shahrida 1 oktyabr kuni sodir etilgan terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, deya Reuters xabar berdi.
“Al-Qassam brigadalari Yaffada kechagi operatsiya uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi. Hodisa oqibatida yetti nafar isroillik halok bo‘ldi, 16 nafari yaralandi”, deyiladi xabarda.
The Times of Israel nashriga ko‘ra, hujumni amalga oshirgan jangarilardan ikki nafari xevronlik Muhammad Mesek va Ahmad Himuniy HAMAS a’zolaridir.
Isroilning Yaffa shahridagi tramvay bekatida 1 oktyabr kuni ikki nafar qurolli shaxs tinch aholiga qarata avtomatlardan o‘t ochgan edi. Hujumchilar zararsizlantirilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida 24 yoshdan 42 yoshgacha bo‘lgan yetti kishi halok bo‘lgan, yana 16 nafari jarohatlangan. OAV xabariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida Gretsiya va Gruziya fuqarolari, yaradorlar orasida ukrainalik ayol ham bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi