Bryusselda NATOning sobiq bosh kotibi Yens Stoltenbergga Ukrainadagi mojaroning boshlanishiga aloqadorligi hamda tinchlik va insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblanib sudga shikoyat qilindi. Da’vogar Ukrainadagi mojaro bo‘yicha tadqiqotchi Patrik Pazen bo‘lib, u o‘z veb-saytida da’vo arizasini e’lon qilgan.
«Belgiya qonunchiligiga ko‘ra, Stoltenberg sudda ko‘rsatilgan ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topilsa, umrbod qamoq jazosiga mahkum etilishi mumkin», – deydi Pazenning advokati Filip Vanlangendonk matbuot anjumanida.
TASSning da’vo arizasidan iqtibos keltirishicha, «Yens Stoltenberg tinchlikka qarshi jinoyatlarni tashkil etuvchi aniq harakatlarni amalga oshirish uchun uyushgan reja yoki fitnada ishtirok etgan».
Da’vo Bryussel sudiga 27 sentyabr kuni berilgan.
Pazenning qayd etishicha, Stoltenberg, garchi u Moskva bilan munosabatlarni «mukammal» tushungan bo‘lsa-da, Ukrainadagi mojaroning oldini olish uchun hech qanday chora ko‘rmagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar