Foto: Bloomberg
Iyul oyida AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampga suiqasd uyushtirilganidan beri uning saylovoldi tashviqoti uning sog‘lig‘iga oid tafsilotlarni oshkor qilmadi, deb yozadi The New York Times (NYT).
Trampning sog‘lig‘i haqidagi so‘nggi batafsil hisobot 2018 yilda nashr etilgan. Bu tibbiyot mutaxassislarini xavotirga solmoqda.
NYT ta’kidlaganidek, agar u saylovda g‘alaba qozonsa, 78 yoshli Tramp prezident lavozimini egallagan eng keksa odamga aylanishi mumkin — 2029 yilda vakolat muddati tugagach, u 82 yoshga to‘ladi.
Tibbiyot mutaxassislarining ta’kidlashicha, Tramp “bir qator potensial tashvishli muammolar” bilan lavozimga o‘tirishi mumkin. Ular orasida mutaxassislar yurak xastaligi xavfini, suiqasdning ehtimoliy oqibatlarini, shuningdek, “yosh bilan tabiiy ravishda yuzaga keladigan” kognitiv qobiliyatlarning pasayishini sanab o‘tgan.
13 iyul kuni Pensilvaniyadagi miting chog‘ida Tramp unga qarata o‘q uzilishi oqibatida qulog‘idan yaralangan edi. Ikkinchi urinish 15 sentyabr kuni Floridada o‘zining golf klubida amalga oshirilgan. Tramp golf o‘ynayotgan klub yonida otishmalar sodir bo‘lgan. Tramp otishma sodir bo‘lgan joydan bir necha yuz metr narida bo‘lgan. Noma’lum erkak devor orasidan avtomat qurolini o‘qtalayotgan vaqtida Maxfiy xizmat xodimlari unga qarata o‘q uzgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar