48
Xitoyda 1000 marta o‘tirib-turishga majburlangan o‘quvchi butun umrga nogiron bo‘lib qolishi mumkin
Foto: New.qq
Xitoyda maktab o‘quvchisi yozgi lagerda o‘qituvchisi tomonidan 1000 marta o‘tirib-turishga majburlangani sabab butun umrga nogiron bo‘lib qolishi mumkin.
Qayd etilishicha, bolaning onasi o‘g‘lini jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlar dasturini o‘z ichiga olgan yozgi lagerga bir haftaga yuborgan. Lagerning oxirgi kunida 13 yoshli o‘smir boshqa bir tengdoshi bilan gaplashib turganida qo‘lga tushgan.
Bunga jazo sifatida shu yerning o‘zida unga 1000 marta o‘tirib-turish buyurilgan. Bola mashqni 200 marta bajarganidan keyin oyoqlari o‘ziga bo‘ysunmayotganini his qilgan, o‘qituvchi esa kelib uning oyog‘iga tepgan va yigit yiqilgan.
Shundan so‘ng, bola ota-onasi yetib kelgunga qadar 30 daqiqa yerda yotgan. Natijada unga rabdomioliz — mushaklar uzilishiga olib keladigan kasallik tashxisi qo‘yilgan. Bundan tashqari, uning buyrak va jigariga zarar yetgani aniqlangan. Shuncha muammoga qo‘shimcha ravishda, shifokorlar bolaning ota-onasiga o‘g‘li endi hech qachon sport bilan shug‘ullana olmasligini ma’lum qilgan.
O‘quvchi yigitga shifoxonadan ruxsat berilgach, u uyida qolib, hassa va nogironlik aravachasida harakatlangan — bu esa uning o‘qishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Shunda bolaning ota-onasi lager tashkilotchilariga murojaat qilib, o‘g‘li olgan jarohat uchun kompensatsiya talab qilgan. Uzoq davom etgan muzokaralardan keyin bolaning davolanishi, repetitor xizmatlari, transport xarajatlari va qoldirilgan darslar uchun kompensatsiyani tashkilotchilar to‘lashiga kelishilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar