Foto: XinHua/dpa/picture alliance
4 oktyabr, juma kuni Yevropa Ittifoqining 27 davlatidan o‘ntasi Xitoydan elektromobillar uchun bojxona to‘lovlarini oshirishni qo‘llab-quvvatlash uchun ovoz berdi, deb xabar beradi Yevrokomissiya (YEK) matbuot xizmati. Yevropa Ittifoqining beshta davlati bu qarorga qarshi chiqdi, 12 davlat esa betaraf qoldi.
Yevropa Ittifoqining ijro etuvchi organi bo‘lgan YEK bayonotiga ko‘ra, olingan ovozlar bojlarni oshirish uchun yetarli, ammo Pekin bilan bu mavzu bo‘yicha muzokaralar davom etadi. Ayni paytda Xitoy tomoni ovoz berish natijalarini keskin tanqid qildi.
Germaniya - bojlarni oshirishga qarshi
Iqtisodiyotida avtomobilsozlik muhim rol o‘ynaydigan Germaniya Xitoyda ishlab chiqarilgan avtomobillarga bojlarning oshirilishiga qarshi ovoz berdi, deb xabar qilmoqda Reuters manbalarga tayanib. Joriy yilning iyul oyida Germaniya avtomobil sanoati birlashmasi (VDA) bojxona tariflarining oshishi «ham yevropalik iste’molchilarga, ham Yevropa biznesiga zarar yetkazishi»ni bildirdi.
Bu pozitsiya nafaqat proteksionizmni tubdan rad etish, balki nemis ishbilarmon doiralarining barcha yirik va o‘rta kompaniyalarning biznes modellarini hisobga olgan holda savdo to‘siqlari va erkin savdoga zarar yetkazishni istamasligi bilan izohlanadi.
BMW bosh direktori Oliver Sipze 4 oktyabrda Yevropa Ittifoqida o‘tkazilgan ovoz berish natijalarini «Yevropa avtomobilsozlik sanoati uchun muhim signal» deb atadi. Sipze fikricha, Pekin va Bryussel savdo urushiga yo‘l qo‘ymaslik uchun zudlik bilan murosaga kelishi kerak.
Xitoy elektromobillar uchun bojlar tufayli YEI ustidan JSTga shikoyat qildi
Xitoy XXRda ishlab chiqarilgan elektromobillarni Yevropa Ittifoqiga olib kirishga qo‘shimcha bojlar joriy etish to‘g‘risidagi Yevrokomissiya qarori ustidan Jahon savdo tashkilotiga (JST) rasman shikoyat qildi, deb xabar qildi Xitoy savdo vazirligi 9 avgust kuni Pekinda. Bryusselning qarori JST qoidalariga zid keladi va «iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda global hamkorlikka» putur yetkazadi, deya ta’kidlanadi Xitoy savdo vazirligi bayonotida.
Idora Yevropa Komissiyasini «zudlik bilan o‘zining noto‘g‘ri amaliyotini tuzatishga» hamda «Xitoy va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi iqtisodiy va savdo-siyosiy hamkorlik barqarorligini, shuningdek, elektromobillar uchun sanoat va logistika zanjirlarini birgalikda saqlashga» chaqirdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar