Rossiya propagandasining “dollar sinishi” haqidagi da’volari yangilik emas. Ammo o‘zbek tadbirkori Anvar Abduqayum kelgusi yillarda AQSH valyutasining qadri tushib ketishini bashorat qilgani muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mutaxassislar uning taxminini to‘liq rad etmoqda. Kun.uz qarama-qarshi fikr egalari – tadbirkorning o‘zi, shuningdek, iqtisodchi Shuhrat Rasul va moliyachi Tamilla Qurbonovani studiyaga taklif etdi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin, “Bretton-Vuds” kelishuviga muvofiq, dollar funt sterlingni ortda qoldirib, dunyo valyutasiga aylandi. Bugun dollar eng barqaror va ishonchli pul birligi hisoblanadi. Dunyo savdosida eng ko‘p dollar ishlatiladi, investitsiyalar portfeli, tashqi qarzlar, tovar aylanmasi, valyuta zaxiralarining eng katta qismi ham dollar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Iqtisodchi Shuhrat Rasulga ko‘ra, dollarning sinishi haqidagi gaplar – fitna nazariyasidan boshqa narsa emas va bunday gap-so‘zlarning tarqatilishi ko‘p hollarda Rossiyaga borib taqaladi. Amerika moliya tizimidek mukammal tizimga muqobil hali shakllanmagan. Unga raqobatchilikni da’vo qiladigan Rossiya, Xitoy yoki BRIKS davlatlarining o‘zaro savdosi ham butun jahon moliya tizimida arzimas ulushga ega, deydi iqtisodchi.
Tadbirkor Anvar Abduqayum esa boshqacha fikrda. U dollarda pul saqlash xavfli deb hisoblaydi. Dollar yildan yilga qadrsizlanyapti, tadbirkorlar boyligi-yu resurslarini dollarda saqlasa, yutqazadi, deydi Abduqayum. Tadbirkorga ko‘ra, eng yaxshi yechim – oltin. Oltin foyda beradi, qadrsizlanmaydi, qiymatini saqlaydi. 2020 yildagi pandemiya davrida meni inqirozdan oltin foyda bilan olib chiqqan, deya qo‘shimcha qiladi u.
Moliya eksperti Tamilla Qurbonovaning fikricha, inqiroz paytida oltin narxi oshishi tabiiy. Chunki odamlar uchun kelajak noaniq paytda doim tilla narxi qimmatlagan. Lekin doim ham oltin saqlash maqsadga muvofiq emas. Inqiroz paytlarida qo‘lida valyutasi bor odam yutadi, eng qulay valyuta esa bu – dollar, deydi Qurbonova.
Shuhrat Rasulning ta’kidlashicha, oltin xavfsiz, lekin unda foyda va zarar ko‘rish oson. Ya’ni dollarda zarar katta summani keltirib chiqarmaydi. Oltinniki esa yuqori, masalan, oltinning 5 foizga narx o‘zgarishi – katta zarar hisoblanadi.
Tahlillarga ko‘ra, dollarning global valyuta roliga soya solishi mumkin bo‘lgan omillar yo‘q emas: bular – murakkab geosiyosiy vaziyat, AQSHdagi siyosiy beqarorlik, urushlar, yuqori inflyatsiya, tashqi qarzlarning nihoyatda oshishi, global raqobat bozorida mavjud muvozanatning buzilishi yoki investorlar paydo qilgan sun’iy vahimalar bo‘lishi mumkin, lekin bu omillarning ro‘y berish ehtimoli juda ham past.
Aksariyat iqtisodchilar dollarni barqaror va hozirgi kunda eng ishonchli valyuta deb baholaydi. Iqtisodchi Shuhrat Rasul va moliya eksperti Tamilla Qurbonova ham shu fikrda. Dollar yaqin 10 yillarda sinmaydi, qadrsizlanmaydi, yo‘qolmaydi. Dollarga jiddiy raqobatchilar paydo bo‘lishi (masalan, Xitoy yuani) esa, albatta, uzoq istiqbolda ehtimoldan soqit qilinmaydi, deydi mutaxassislar. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar