Ikki hafta avval 200 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan va katta talofat yetkazgan «Helen» to‘fonidan so‘ng, AQSHga yana bir kuchli bo‘ron yaqinlashmoqda.
«Milton» to‘foni kuchayib, 5-toifaga aylangan. Florida shtati oxirgi yetti yil ichidagi eng yirik evakuatsiyaga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Sky News ma’lumotiga ko‘ra, Milliy to‘fonini kuzatish markazi yangi prognoz chiqardi. Unga ko‘ra, Meksika ko‘rfazidan 285 km/soat tezlikdagi shamol bilan harakatlanayotgan to‘fon Orlandoga qadar yetib borishi kutilmoqda.
Shuningdek, sinoptiklar mintaqa tarixidagi eng baland, 2,4–3,6 metrgacha bo‘lgan to‘lqinlar va keng ko‘lamli toshqinlar haqida ogohlantirmoqda. Bu tabiiy ofat ikki hafta avvalgi halokatdan zarar ko‘rgan hududlarni yana qayta urab olishi va o‘sha zararni yanada og‘irlashtirishi mumkin.
Floridada favqulodda holatlar boshqarmasi direktori Kevin Gatri aholini 2017 yilgi Irma to‘fonidan keyingi eng yirik evakuatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish haqida ogohlantirdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi