Foto: AP
AQSHning Florida shtatiga katta vayronagarchilik va qurbonlar olib kelishi kutilayotgan “Milton” to‘foni va tornado shtatning g‘arbiy qirg‘oqlariga yetib keldi. Bu haqda ABC News xabar berdi.
Floridaga yetib borishdan oldin “Milton” bir oz zaiflashgan va eng xavfli beshinchi toifadan dastlab to‘rtinchi, keyin esa uchinchi (shamol tezligi 208 km/soat)ga ko‘chirilgan. Biroq ekspertlar, “Milton” hali ham vayronkor va halokatli ekanini aytmoqda. Allaqachon 1,9 milliondan ortiq aholi elektr energiyasiz qolgan, 125 ta uy vayron bo‘lgan.
Prezident Jo Bayden ham to‘fon vayronkor bo‘lishidan ogohlantirib, aholini evakuatsiya buyruqlariga quloq solishga chaqirgan.
“U aholi punktlarini butunlay vayron qilishi va odamlar o‘limiga olib kelishi mumkin”, degan AQSH yetakchisi.
Amerikaning to‘fonlarni o‘rganish milliy markazi Grinvichda tungi soat ikkilarda “Milton” quruqlikka chiqqandan so‘ng bir oz zaiflashgani va ikkinchi toifaga o‘tkazilganini e’lon qildi. Ikkinchi toifada doimiy shamol tezligi 154 dan 177 km/soatgacha bo‘ladi.
Hozirda “Milton” Florida yarimoroli orqali shimoli-sharqqa, Atlantika okeani tomon harakatlanmoqda.
AQSH, Florida shtati, Milton to‘foni, Tornado, Yopirildi “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi