Foto: Qozog‘iston Mudofaa vazirligi
Qozog‘iston va Qatar harbiy sohada hamkorlik qiladi. Majlis deputatlari tegishli kelishuvni ratifikatsiya qildi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.
Parlament a’zolari 9 oktyabr kuni Qozog‘iston va Qatar hukumatlari o‘rtasidagi harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqqan.
Muhokama chog‘ida deputat Bakitjan Bozorbek hujjat ratifikatsiya qilinganidan keyin Qozog‘iston va Qatar bir-birining harbiy poligonlaridan foydalanishi to‘g‘rimi, degan savol bergan.
“Bitimning 5-moddasiga ko‘ra, Qatar va Qozog‘iston o‘z harbiy poligonlaridan foydalanish huquqiga ega. Qozog‘istonda harbiy poligonlar ko‘p, ammo Qatarda poligon mavjud emas. Faqatgina bitta harbiy baza bor, xolos. Ayting-chi, Qatarda qanday harbiy poligonlar mavjud? Qatar harbiy xizmatchilari haqida gapiradigan bo‘lsak... Ularning o‘z qo‘shinlari yo‘q, harbiy xizmatchilarning 80 foizi chet ellik fuqarolardan iborat. Agar ushbu bitim tasdiqlansa, u KXSHT kelishuviga qanday ta’sir ko‘rsatadi?”, deya so‘ragan deputat.
Mudofaa vaziri o‘rinbosari Darxon Axdiyev Qozog‘istonda hozircha bunday rejalar yo‘q, deya javob bergan.
“Bizning maqsadimiz ularning poligonidan foydalanish emas, aksincha, Qatar harbiy xizmatchilari bizning poligonimizdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunday imkoniyat mavjud va taqdim etiladi. Ikkinchi masalaga kelsak, hech qanday ziddiyat yuzaga kelmaydi. Avval aytib o‘tilganidek, 20 ta mamlakat bilan shunday kelishuv allaqachon imzolangan. Shuning uchun bunday masala ko‘tarilmaydi”, dedi vazir o‘rinbosari.
Bozorbek amaldorga hujjatni diqqat bilan o‘rganib chiqishni maslahat bergan. Chunki unda “biz o‘z poligonimizni Qatarga topshiramiz, ular esa o‘z poligonlarini bizga topshiradi” deb ko‘rsatilganini aytgan.
“Ha, to‘g‘ri. Men shuni aytmoqchimanki, yaqin kelajakda bizning Qatar poligonidan foydalanish maqsadimiz yo‘q, aksincha, biz ularga o‘z poligonimizni beramiz. Poligonni modernizatsiya qilish va tiklash bo‘yicha esa mablag‘lar ajratiladi”, deya qo‘shimcha qildi Ahmediyev.
Kelishuv doirasida Qozog‘iston va Qatar hukumati quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik olib boradi:
- harbiy ta’lim va harbiy xizmatchilarni tayyorlash;
- harbiy tibbiyot;
- harbiy fan;
- harbiy sohada madaniy va sport tadbirlari;
- tinchlikni saqlash operatsiyalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan maslahatlashuvlar;
- jangovar tayyorgarlik.
Muhokamadan so‘ng Majlis deputatlari kelishuvni ratifikatsiya qilish uchun ovoz berdilar.
Qatar, Qozog‘iston, Harbiy poligon, Foydalanadi “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?