
Foto: “RIA Novosti”
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning doʻsti, “Kurchatov instituti” Milliy tadqiqot markazi prezidenti Mixail Kovalchuk gaz tashuvchi atom suvosti kemasini taqdim etdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.
Xususiyatlarga koʻra, gazovoz tezligi taxminan 17 uzelni tashkil qiladi, bu Shimoliy dengiz yoʻli boʻylab reys vaqtini 12 kungacha qisqartirish imkonini beradi. Gazovoz taxminan 180 ming tonna sigʻimga va 14 metrdan oshmaydigan chuqurlikka ega boʻlishi lozim. Bunday kemaning uzunligi taxminan 360 metr, kengligi esa 70 metr atrofida boʻladi. Suvosti kemasi uchta “Ritm-200” yadro reaktori bilan jihozlanishi kutilmoqda. Bu reaktorlar har biri 30 MVt quvvatga ega boʻlgan uchta grebnoy elektr dvigatelini ta'minlaydi.
“Rosatom” davlat korporatsiyasi sentyabrda Shimoliy dengiz yoʻli boʻyicha 2031 yilgacha yuk tashish hajmi prognozini keskin pasaytirgandi. Yopiq yigʻilishda transport magistralini rivojlantirishning ikki xil stsenariysi taqdim etilgan.
Asosiy stsenariyga koʻra, 2031 yilda Shimoliy muz okeani orqali 117 million tonna yuk tashiladi. Istiqbolli stsenariy esa 150 million tonna yuk tashish hajmini nazarda tutmoqda. Shu bilan birga, “Rosatom” ma'lumotlariga koʻra, 2024 yil yakuniga kelib Shimoliy dengiz yoʻli orqali taxminan 36 million tonna yuk tashilishi kutilmoqda.
Biroq Rossiya prezidenti Vladimir Putinning farmoniga asosan, 2024 yilda Shimoliy dengiz yoʻli boʻyicha tashish hajmi kamida 80 million tonnani tashkil etishi, 2031 yilga kelib esa 200 million tonnagacha koʻpayishi kerak edi. Shunday qilib, yuk tashishning haqiqiy hajmi rejalashtirilganidan deyarli ikki barobar kam boʻlishi mumkin.
Putinning do‘sti Rossiya Atom suvosti kemalari Olib chiqish Mixail Kovalchuk Taklif qildi Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar