Foto: TOLOnews
O‘zbekiston kompaniyasi kelgusi o‘n yil ichida Afg‘onistonning energetika sektoriga qariyb 1 milliard dollar sarmoya kiritmoqchi. Bu haqda TOLOnews xabariga asosan Kun.uz ma’lum qildi.
10 oktyabr kuni Afg‘oniston kon va neft vazirligi o‘zbek kompaniyasi (kompaniya nomi tilga olinmagan) bilan Afg‘oniston shimolida joylashgan Jauzjon viloyatidagi Tuti-Maydan gaz konida gaz qidiruvini amalga oshirish va qazib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bitim «O‘zbekneftgaz» AJ raisi Bahodirjon Siddiqov ishtirokida rasmiylashtirilgan.
10 yilga mo‘ljallangan shartnomada o‘zbek investori birinchi yilida 100 mln dollar sarmoya kiritadi, kelishuv muddati davomida umumiy investitsiya miqdori qariyb 1 mlrd dollarga yetishi aytilyapti. Dastlabki ikki yilda O‘zbekiston kompaniyasi Tuti-Maydan konidan qazib olingan gaz hisobidan 100 MW elektr energiyasi ishlab chiqarishni rejalashtirgan.
Afg‘oniston kon va neft vaziri Hidoyatulloh Badri loyihaning muhimligini ta’kidlab, Tuti-Maydandagi gaz zaxiralari taxminan 7 ming kvadrat kilometr maydonni egallashini ma’lum qildi. Tashabbus mamlakatning energiya ehtiyojlarini sezilarli darajada qondirishi, milliy daromadni oshirishi va yangi ish o‘rinlari yaratishi kutilyapti.
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Afg‘onistonning iqtisodiy ahvolini yaxshilash va ishsizlik darajasini pasaytirishda bunday loyihalar muhimligini ta’kidlab o‘tdi.
«Biz millionlab afg‘onlarga ish o‘rinlari yaratish uchun Afg‘onistonning iqtisodiy salohiyatini ochmoqchimiz. Maqsadimiz mamlakatning iqtisodiy tiklanishini qo‘llab-quvvatlash va aholisining hayot sifatini oshirishdir», - dedi Ergashev.
Avvalroq, O‘zbekistonning neft va gaz sektorida xizmat ko‘rsatuvchi Eriell Group kompaniyasi Afg‘onistonning neft konlarini o‘rganishga qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
O‘zbek kompaniyasi, Afg‘oniston, Energetika sektori, Sarmoya kiritadi “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi