
Eron prezidenti Mas'ud Pezeshkiyon Ashxobodda Vladimir Putin bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda Rossiya bilan keng qamrovli strategik sheriklik toʻgʻrisidagi bitim imzolanishiga umid bildirdi.
“Umid qilamanki, biz ushbu kelishuvni Rossiyada boʻlib oʻtadigan BRIKS sammiti chogʻida imzolaymiz”, - deya uning soʻzlarini keltiradi matbuot xizmati.
Uchrashuv chogʻida Pezeshkiyon Eron va Rossiya oʻrtasidagi munosabatlar strategik va samimiy ekanini, ikki davlat hamkorligi iqtisodiy va madaniy jihatdan kundan-kunga mustahkamlanib borayotganini qayd etdi.
Shuningdek, Eron prezidenti Pezeshkiyon Moskva va Tehronning xalqaro maydondagi pozitsiyalari oʻxshashligini ham aytib oʻtdi.
“Eron va Rossiya bir-birini toʻldiruvchi ajoyib salohiyatga ega va bizning xalqaro maydondagi pozitsiyalarimiz (boshqa mamlakatlarga qaraganda – tahr.) bir-biriga yaqinroqdir”, — dedi Pezeshkiyon.
Yaqin Sharqdagi vaziyat boraida Pezeshkiyon Gʻarb davlatlar ushbu mintaqada tinchlik oʻrnatilishini istamasligini aytib oʻtdi.
"Hozir mintaqadagi vaziyat ogʻir Amerika va Evropa bu erdagi vaziyatning tinchlanishini istamaydi", - dedi u Rossiya prezidenti bilan uchrashuvda.
Ashxobodda boʻlib oʻtgan Putin va Pezeshkiyon oʻrtasidagi muzokaralar bir soatga yaqin davom etdi. Davlat rahbarlari oʻrtasidagi muloqot delegatsiyalar doirasida boshlandi, soʻngra muzokaralar yuzma-yuz davom etdi, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Pezeshkiyon va Putin uchrashuvi
© POOL
Eslatib oʻtamiz, Mas'ud Pezeshkiyon prezident etib saylanganidan 3 kun oʻtib, (8 iyulda) Tehron Eronning “doʻsti va qoʻshnisi” Rossiya bilan keng qamrovli strategik sheriklik toʻgʻrisidagi bitim imzolashga tayyorligini bildirgan edi. 18 sentyabr kuni Rossiya prezidenti kelishuv loyihasini ma'qulladi, 4 oktyabr kuni Islom Respublikasining Moskvadagi elchisi Kazem Jaloli hujjat imzolashga tayyorligini ma'lum qildi.
BRIKS assotsiatsiyasi 2006 yilda Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy tomonidan tashkil etilgan boʻlib, 2011 yilda Janubiy Afrika qoʻshilgan. 2024 yilning 1 yanvarida Misr, Eron, BAA, Saudiya Arabistoni va Efiopiya guruhning toʻliq a'zosi boʻlgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar