Evropaning toʻrtta davlati Ukrainaga katta yordam ajratadi

Germaniya kantsleri Olaf Sholts Ukrainaga yangi harbiy yordam paketi ajratilishini e'lon qildi. Bu haqda kantsler Ukrania rahbari Vladimir Zelenskiy bilan qoʻshma matbuot anjumanida ma'lum qildi, deya xabar beradi «Interfaks-Ukraina».
Sholts ma'lumotlariga koʻra, Germaniya Belgiya, Daniya va Norvegiya bilan birgalikda Ukrainaga qoʻshimcha IRIS-T va Skynex havo mudofaa tizimlari, shuningdek, Gepard zenit tanklari, oʻziyurar artilleriya birliklari, zirhli transport vositalari, jangovar dronlar, radarlarni beradi.
Olaf Sholts, shuningdek, Germaniya byudjetida toʻgʻridan-toʻgʻri ikki tomonlama yordam uchun 4 milliard evro ajratilganini qoʻshimcha qildi va G7 davlatlari Ukrainaga 50 milliard dollar miqdorida kredit berishga rozi boʻlganini eslatdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Sholts ma'lumotlariga koʻra, Germaniya Belgiya, Daniya va Norvegiya bilan birgalikda Ukrainaga qoʻshimcha IRIS-T va Skynex havo mudofaa tizimlari, shuningdek, Gepard zenit tanklari, oʻziyurar artilleriya birliklari, zirhli transport vositalari, jangovar dronlar, radarlarni beradi.
Olaf Sholts, shuningdek, Germaniya byudjetida toʻgʻridan-toʻgʻri ikki tomonlama yordam uchun 4 milliard evro ajratilganini qoʻshimcha qildi va G7 davlatlari Ukrainaga 50 milliard dollar miqdorida kredit berishga rozi boʻlganini eslatdi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…