16:46 / 13.10.2024
36

Lukashenko Belarusdan neft topishga va’da berdi

Lukashenko Belarusdan neft topishga va’da berdi
Foto: Belarus prezidenti matbuot xizmati
Minsk va “Rosneft” Gomel viloyati yer qa’rini neft izlash maqsadida o‘rganishga kelishib oldi. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko xabar berdi.

Biz Gomel viloyati hududlarini jiddiy ravishda o‘rganamiz. Albatta, u yerdan neft topamiz (sovet davrida quduqlarni burg‘ulab, tashlab ketishgan). Biz undan tushgan mablag‘larni Gomel viloyatimizni rivojlantirishga yo‘naltiramiz”, degan u. Lukashenkoning ta’kidlashicha, bunda “Rosneft” ham ishtirok etadi.

Gomel viloyati Belarus sharqida joylashgan bo‘lib, Rossiya (Bryansk viloyati) va Ukraina bilan chegaradosh. Respublikada neft qazib chiqarish 1965 yilda boshlangan bo‘lib, bu ish bilan “Belorusneft” davlat kompaniyasi shug‘ullanadi. 2024 yilga kelib, kompaniya Belarusda 63 ta konni o‘z tasarrufiga olgan.

Zaxiralar asosan Gomel va Mogilev viloyatlarida joylashgan. Neft olinadigan eng yirik konlar — Rechitsa, Ostashkovichi, Janubiy Ostashkovichi va Vishan konlari - Gomel viloyatida joylashgan. Belarus Tabiiy resurslar va atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Sergey Maslyakning ta’kidlashicha, mamlakat neftining 98 foizi aynan shu hududda qazib olinadi. Belarus konlarida qazib chiqarish boshlangandan buyon 144 million tonnadan ortiq neft va 16 milliard kub metrdan ko‘proq yo‘ldosh neft gazi qazib olingan.

Lukashenko, Belarus, Neft topish, Va’da berdi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko Belarusdan neft topishga va’da berdi