Foto: Reuters
AQSHning sobiq prezidenti, Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp raqibi Demokratik partiyadan nomzod Kamala Harrisning aqliy qobiliyatini shubha ostiga oldi.
“Kamala Harrisning kognitiv chidamlilik va aqliy moslashuvchanlik sinovidan o‘tishi juda muhim deb hisoblayman. Uning xatti-harakatlari ko‘pchilikni unda nimadir noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin degan fikrga olib keldi”, deb yozdi Tramp Truth Social sahifasida.
Trampning fikricha, Harris “eng asosiy savollarga ham sekin va sust javob beradi”.
AQSH prezidenti Jo Baydenga nisbatan ham xuddi shunday shikoyatlari borligiga ishora qilib, Tramp qo‘shimcha qilgan:
“Biz deyarli to‘rt yildan beri bunday holatni boshdan kechirdik, bunga boshqa yo‘l qo‘ymasligimiz kerak”.
Bayden 2024 yilgi saylovlarda ishtirok etmasligi ma’lum bo‘lishidan oldin ham, Tramp Amerikaning amaldagi rahbari kognitiv matndan beshta oson savolga javob bera olmasligini bir necha bor ta’kidlagan.
“Men ikkita kognitiv testdan o‘tdim. Bayden hech bo‘lmaganda bitta juda oddiy testdan o‘tishini ko‘rishni istardim. U hatto birinchi beshta savolga javob berishni ham uddalay olmaydi”, degan edi Tramp iyun oyida bo‘lib o‘tgan debatda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”