Foto: AFP
Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Ukrainadagi mojaroni hal qilish mavzusini muhokama qilishga tayyorligini tasdiqladi.
“Rossiya prezidenti bilan ham gaplashamizmi, degan savolga, 'ha, shunday', deb javob beramiz”, dedi Shols parlamentdagi chiqishida.
Bundan tashqari, u mojaroni hal qilish uchun aniq tamoyillarga amal qilish zarurligini ta’kidlab, har qanday qaror Ukraina ishtirokida, shuningdek, Germaniyaning hamkor davlatlari kelishuvi bilan qabul qilinishi kerakligini qo‘shimcha qilgan.
Avvalroq Shols Ukrainadagi mojaroni muhokama qilish maqsadida Moskva ham, Kiyev ham ishtirok etadigan tadbir o‘tkazish uchun sharoit yaratish kerakligini ta’kidlagan edi.
Die Zeit nashri Shols deyarli ikki yil ichida birinchi marta Putin bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri gaplashmoqchi ekanligi haqida xabar bergandi. Hukumat doiralariga ko‘ra, telefon suhbati noyabr oyida Braziliyada bo‘lib o‘tadigan G20 yig‘ilishi oldidan rejalashtirilgan. 8 oktyabr kuni Germaniya hukumatidagi manba buni Reuters agentligiga tasdiqlagan.
Shols, shuningdek, Ukraina mojarosiga barham berish mavzusini muhokama qilish vaqti kelganini aytgan. U Ukraina bo‘yicha ikkinchi sammitda Rossiya ishtirok etishini ma’qullashini qo‘shimcha qilgan va shu masala yuzasidan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan ham gaplashgan.
Shols, Putin, Muzokara, Olib borish “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi