Foto: Kherson Regional Military Administration/Anadolu/picture alliance
16 oktyabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukraina bo‘ylab 136 ta dron va ikkita raketani uchirdi, deb xabar berdi Ukraina Havo kuchlari Telegram'da. «Dushman Donetsk oblastiga hududning bosib olingan qismidan S-300/400 zenit raketasi bilan, Kursk oblasti havo hududidan Chernihivga X-59 boshqariladigan aviatsion raketasi, shuningdek, 136 ta uchuvchisiz uchoqlar bilan hujum qildi», deyiladi xabarda. Uchirish holatlari Kursk, Orel va Primorsko-Axtarsk rayonlaridan amalga oshirildi.
Ukraina Qurolli kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari Ukrainaning 14 oblastida 51 ta dronni urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan, radioelektron kurash tizimlarining ishlashi natijasida yana 60 ta dron Ukrainaning bir qator mintaqalarida «yo‘qotilgan». Harbiy hisobot e’lon qilingan vaqtda yana 20 ta dron Ukraina havo hududida bo‘lgan va ikkitasi Rossiya Federatsiyasiga qaytib ketgan.
Ukraina razvedkasi Rossiyaning Tu-134 samolyoti yo‘q qilinganini bildirdi
Rossiya Qurolli kuchlarining 117-harbiy-transport aviatsiya polkiga qarashli Tu-134 harbiy-transport samolyoti 13 oktyabrga o‘tar kechasi o‘zi joylashgan «Orenburg-2» aerodromida yonib ketdi. Bu xabar 14 oktyabr kuni Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi tomonidan Telegram'da e’lon qilindi.
«Bunday sovet samolyotlari, xususan, Rossiya Mudofaa vazirligining yuqori martabali xodimlarini tashish uchun ishlatiladi», deyiladi postda.
Ukraina razvedka xizmati YouTube'da Rossiya samolyoti yonayotgani tasvirlangan videoni joylashtirdi. Ayni paytda matbuot havo kemasining ro‘yxatga olish raqamlarini yozuvda tanib bo‘lmasligiga e’tibor qaratadi. «Uning Rossiya Qurolli kuchlariga tegishligini e’lon qilingan parcha asosida tasdiqlashning iloji yo‘q va u olgan zarar darajasi ham noma’lum», — deydi jurnalistlar.
«Orenburg-2» — Orenburgdan 6 km janubi-g‘arbda joylashgan harbiy aerodrom. Rossiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, u yerda harbiy-transport aviatsiyasining 12-Mginskaya harbiy-transport aviatsiya diviziyasi (61-havo armiyasi) tarkibiga kiruvchi 6956-havo bazasi joylashgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”