06:00 / 20.10.2024
51

Turkiyada 21 nafar chaqaloq shifokorlarning jinoiy guruhi qurboni bo‘ldi

Turkiyada 21 nafar chaqaloq shifokorlarning jinoiy guruhi qurboni bo‘ldi
Foto: Anadolu Agency
Istanbul prokuraturasi 21 nafar chaqaloqning o‘limiga sabab bo‘lgan noqonuniy faoliyatda ayblanayotgan bir guruh shifokorlar uchun 10 yildan 589 yilgacha qamoq jazosini talab qildi. Hürriyet gazetasi xabar qilishicha, jinoyatchi guruh a’zolari yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni davlat tibbiyot muassasalariga emas, balki xususiy klinikalarga yo‘naltirish bilan shug‘ullangan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jinoiy tarmoqqa Istanbulning Esenyurt kasalxonasida ishlagan pediatr Firat Sara rahbarlik qilgan. Ayblov xulosasida aytilishicha, gumonlanuvchilar bolalarni o‘zlari bilan oldindan kelishilgan xususiy tibbiyot markazlariga o‘tkazgan. Bunday bo‘limlarda chaqaloqlar belgilangan muddatdan bir necha barobar ko‘proq vaqt qolishgan, bu esa davolanish xarajatlarini uch-to‘rt barobarga oshirgan.

OAV bu ishda ishtirok etgan 19 ta xususiy klinika ro‘yxatini e’lon qildi. Ish bo‘yicha jami o‘nlab shaxs gumonlanuvchi sifatida ko‘rilmoqda.

Chaqaloqlarning o‘limi zarur mutaxassislarga ega bo‘lmagan bolalar bo‘limlarida infeksiyalar tarqalishi bilan bog‘lanmoqda. Ba’zi hollarda chaqaloqlarga o‘zini shifokor deb ko‘rsatgan hamshiralar qaragan. Guruh a’zolariga qarshi ayblovlar qatorida kasalxonalar uchun mo‘ljallangan dori-darmonlarni sotish ham bor.

Jinoiy guruh rahbari qasddan qilinmagan qotillik, hujjatlarni qalbakilashtirish, firibgarlik va jinoiy guruh tashkil etish aybi bilan 589 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Guruhning boshqa a’zolari esa 10 yildan 437 yilgacha qamoq jazosiga tortilishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada 21 nafar chaqaloq shifokorlarning jinoiy guruhi qurboni bo‘ldi