09:20 / 20.10.2024
24

Maktab kutubxonasidan 113 yil avval olingan kitob qaytarildi

Maktab kutubxonasidan 113 yil avval olingan kitob qaytarildi
Foto: Pixabay
Angliyaning Kambriya grafligida maktab kutubxonasidan olingan Jorj Bayronning asarlari to‘plami oradan 113 yil o‘tib qaytarildi. Guardian gazetasi yozishicha, kitobni Leonard Yubank ismli o‘quvchi olgan bo‘lgan.

Bu o‘quvchi 1893 yilda tug‘ilgan, 1911 yilda maktabni tamomlab, Oksford universitetiga o‘qishga kirgan. Oradan to‘rt yil o‘tib, ko‘zi yaxshi ko‘rmasligiga qaramasdan, Yubank urushga olib ketilgan va 1916 yil fevralida jangda halok bo‘lgan.

"Birinchi jahon urushidan oldin maktab kutubxonasidan olingan kitob nihoyat bir asr va o‘n yildan ko‘proq vaqt o‘tib joyiga qaytdi", — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, bu dunyodagi «eng kechikkan» kutubxona kitoblaridan biri bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Maktab kutubxonasidan 113 yil avval olingan kitob qaytarildi