Foto: AFP
Xitoy raisi Si Szinpin armiyaning raketa qo‘shinlari brigadasiga tashrif buyurib, harbiylarni urushga tayyorgarlikni kuchaytirishga chaqirdi. Bu haqda CCTV xabar berdi.
Si Szinpin harbiylar “urushga tayyorgarlikni har tomonlama kuchaytirishi va qo‘shinlarning ishonchli jangovar holatini ta’minlashi” zarurligini ta’kidladi. U Xitoy askarlari “o‘zining strategik tiyib turuvchi va jangovar qobiliyatlarini mustahkamlashi” lozimligini bildirdi.
Tegishli bayonotni Xitoy harbiylari Pekin o‘zining hududi deb hisoblaydigan Tayvan yaqinida keng ko‘lamli harbiy mashqlar o‘tkazganidan bir necha kun o‘tgach e’lon qildi.
Xitoy armiyasi 14 oktyabr kuni Tayvan atrofidagi suvlarda “Qo‘shma qilich — 2024B” harbiy mashqlarini o‘tkazdi. Katta polkovnik Li Sining aytishicha, bu mashqlar Tayvan mustaqilligiga intilayotgan “separatist kuchlar”ga qarshi “kuchli” to‘siq vazifasini bajarishi kerak edi.
Manyovrlarda harbiy-dengiz floti, harbiy-havo kuchlari, raketa qo‘shinlari va boshqalar qatnashgan. Tayvan hukumati Xitoyning harbiy mashg‘ulotlarini “provokatsiya” deb atagan. Mashg‘ulotlar davomida orolning havo hujumidan mudofaa hududiga 90 ta samolyot, vertolyot va dronlar kirgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”