date 12:30 / 21.10.2024
views 137

Tramp Putinga Moskvaga zarba berish bilan tahdid qilganini aytdi

Tramp Putinga Moskvaga zarba berish bilan tahdid qilganini aytdi
Foto: AFP
AQSh sobiq rahbari Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Moskvaga zarba berish bilan tahdid qilganini aytdi. Bu haqda u The Wall Street Journal nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Men Vladimirga shunday dedim: "Agar Ukraina ortidan quvsang, senga shunday zarba beramanki, hatto ishonmaysan. Moskvaning qoq markaziga zarba beraman. Biz doʻstmiz, buni xohlamayman, lekin boshqa tanlovim yoʻq", deya ta'kidladi Tramp.
Uning aytishicha, Putin “no way“ (ya'ni "hech qachon" yoki "boʻlishi mumkin emas") deb javob qaytargan.

Tramp bu suhbat qachon va qanday sharoitda boʻlib oʻtganini tushuntirmagan, ammo Putin bilan munosabatlari a'lo darajada ekanini va Rossiya prezidenti uning “telbaligimni bilishini“ ta'kidlagan.

Shuningdek, AQSh sobiq prezidenti 2017 yil aprel oyida Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida mehmon boʻlgan Xitoy raisi Si Szinpin bilan oʻtkazilgan suhbat haqida ham gapirgan. Bu tashrif AQShning Suriyani bombardimon qilishi bilan bir vaqtga toʻgʻri kelgan.

Trampning aytishicha, u Si Szinpinga desert paytida bombardimon haqida xabar berishga qaror qilgan:
"Rais, biz hozirgina Suriya hududidagi koʻplab yangi samolyotlar joylashgan aeroportga 58 ta raketa uchirdik. Sizning odamlaringizga hech qanday xavf yoʻq, lekin raketalar allaqachon yoʻlda“, deb aytgan.

Trampga koʻra, Xitoy raisi aytilganlarni takrorlashni soʻragan, bu esa uning ingliz tilini bilishini bildirgan. Shundan soʻng Tramp undan: “Siz ingliz tilida gaplasha olasiz, shunday emasmi?“ deb soʻragan. Bu voqeaga qadar ular faqat tarjimonlar yordamida muloqot qilgan.

Men takrorladim va u tushundi. Dastlab, u gʻazablangandek tuyuldi. Men yana bir bor takrorladim. Keyin biz suhbatimizga qaytdik – u anchayin tinch edi. Ammo u juda shiddatli yigit“, dedi Tramp.

Shuningdek, u Pekinni Tayvanga bostirib kirishga toʻsqinlik qilish uchun 200 foizlik tariflar joriy qilish yoki savdoni toʻliq toʻxtatish bilan tahdid qilishi mumkinligini tushuntirdi.

Bunday qilishimga hojat qolmasdi, chunki u meni hurmat qiladi va men aqldan ozganimni biladi“, dedi Tramp.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo