
Foto: Brooke Singman/Fox News Digital
Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp Pensilvaniya shtatidagi McDonald’s fast fud restoranlari tarmogʻida oddiy xodim sifatida ishladi. Sobiq prezident yarim soatlik smena davomida bir nechta portsiya kartoshka fri tayyorladi va ayrim mijozlarga oʻz hisobidan buyurtmalar berdi.
Ishni tugatgach, Tramp jurnalistlar bilan suhbatlashdi. U restoranda ishlash yoqqanini va kelgusida yana shu sohada oʻzini sinab koʻrishi mumkinligini aytdi. Shu bilan birga, Tramp “ishni toʻgʻri va tez bajarish uchun katta tajriba zarur”ligini ta'kidladi.
U, shuningdek, demokratlardan nomzod Kamala Harrisning talabalik paytida McDonald’s’da ishlagani haqidagi bayonotga munosabat bildirdi. Sobiq prezidentning fikricha, raqibi yolgʻon gapirmoqda, chunki uning fast fud restoranida ishlagani haqida hech qanday dalil saqlanib qolmagan.
AQShda prezidentlik saylovi 2024 yil 5 noyabrda boʻlib oʻtadi. Sentyabr oyida Donald Tramp va Kamala Harris oʻrtasidagi dastlabki bahslardan soʻng oʻtkazilgan soʻrovlar saylovchilarning aksariyati demokratik partiyadan nomzodga ovoz berishga tayyorligini koʻrsatgandi. Biroq oʻtgan haftadagi statistik ma'lumotlarga koʻra, Donald Tramp oldinga siljiy boshlagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar