Foto: Global Look Press
Albaniyaning sobiq prezidenti Ilir Meta korrupsiya bo‘yicha tergov doirasida qo‘lga olindi, deya mahalliy OAV hamda siyosatchi vakillari xabar berdi.
Alban matbuotiga ko‘ra, Meta korrupsiya, pul yuvish va mulkni yashirishda ayblanmoqda.
Sobiq prezidentning matbuot kotibi Tedi Blushi Metaning qo‘lga olinishini “jinoiy odam o‘g‘irlash” deb atagan, siyosatchining advokati esa uning mijozi barcha ayblovlarni rad etayotganini aytgan.
“Advokat boshqa tafsilotlarni keltirmadi, biroq ayblovlar korrupsiyaga aloqadorligini tasdiqladi”, deb yozadi Reuters nashri.
Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, siyosatchi Tiran chekkasida mashinasini haydab, matbuot anjumaniga ketayotganda qo‘lga olingan.
Ilir Meta 2017—2022 yillarda Albaniya prezidenti bo‘lgan, ungacha esa bosh vazir, tashqi ishlar vaziri va parlament spikeri lavozimlarida ishlagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi