38
Xitoyda politsiyachi farzandini yo‘qotgan ayol uchun o‘n yildan beri o‘g‘il rolini o‘ynab kelmoqda
Foto: AP
Xitoylik politsiyachi o‘g‘lini yo‘qotgan va kognitiv nuqsoni bor ayolga 10 yildan beri g‘amxo‘rlik qilmoqda. U ayolni ona deb ataydi va muntazam ravishda bayramlar bilan qutlab, oilani ziyorat qilib turadi. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.
Shansi provinsiyasida yashovchi Sya Chjanghay va uning rafiqasi Lyan Syaotsinning o‘g‘li 2003 yilda vafot etgan. Ushbu fojiadan so‘ng ayol falajlanib, xotirasi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan. Turmush o‘rtog‘i uni ranjitmaslik uchun o‘g‘lining tirikligini, boshqa shaharda ishlayotganini aytgan.
Kunlarning birida Sya Chjanghay teleko‘rsatuvda Szyan Szinvey ismli Shanhay politsiyasi xodimini ko‘rib qoldi. 2013 yil oxirida u politsiyachi bilan realiti-shou orqali bog‘lanib, uchrashishni so‘radi, erkak rozi bo‘ldi. Shunda politsiyachi birinchi marta Lyan Syaotsinga o‘zini uning o‘g‘li deb tanishtirdi, ayol unga ishondi.
2016 yilda politsiyachi juftlikni Shanhayga taklif etdi, 2018 yilda esa o‘zi ularnikiga Yangi yilni nishonlash uchun keldi. Politsiyachi ular bilan tez-tez videoa qo‘ng‘iroq orqali gaplashib turadi. Bir kuni suhbat paytida ayol “o‘g‘li”ning sochiga oq oralayotganini payqab, shunday dedi: “O‘g‘lim, sen qarib boryapsan”. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”