09:20 / 23.10.2024
32

AQSH va Meksika chegarasidagi kameralar bir yildan beri ishlamayapti

AQSH va Meksika chegarasidagi kameralar bir yildan beri ishlamayapti
Foto: Reuters
AQSH chegara xizmati xodimlari bir yildan beri xavfsizlik kameralari ishlamay qolgan Meksika bilan chegarada noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bu haqda Newsweek axborot jurnali xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari xodimlarini chegarani noqonuniy kesib o‘tuvchilarni aniqlash uchun o‘rnatilgan kameralarning salmoqli qismi eskirgan va endi bu vazifani bajara olmaydi. Bir xodimning ta’kidlashicha, bu “katta milliy muammo”ga aylangan, chunki kartellar mamlakatga noqonuniy migrantlarni olib kirish uchun zaif tomonlardan foydalanadi.

Noqonuniy migratsiya mavzusi AQSH prezidentlik poygasida asosiy o‘rin tutadi, chunki ikkala nomzod ham Meksika bilan chegarada nazoratni kuchaytirish bo‘yicha yechimlarni taklif qilishga urinmoqda. Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp amaldagi ma’muriyat siyosatini tanqid qilib, ularni noqonuniy migratsiyaning kuchayishiga sabab qilib ko‘rsatdi. Vitse-prezident Kamala Harris, o‘z navbatida, migratsiya masalasiga kengroq yondashish zarurligini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH va Meksika chegarasidagi kameralar bir yildan beri ishlamayapti