20:19 / 23.10.2024
23

Shavkat Mirziyoyev BRICS sammitida ishtirok etish uchun Qozon shahriga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyev BRICS sammitida ishtirok etish uchun Qozon shahriga yetib bordi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni aeroportda Tatariston raisi Rustam Minnixanov, Qozon shahri meri Ilsur Metshin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bugun O‘zbekiston prezidenti qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi hamda BRICS sammitining protokol tadbirlarida ishtirok etadi.

Ertaga “BRICS plyus” formatidagi sammitning asosiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Shavkat Mirziyoyevni ushbu sammitda ishtirok etishga Vladimir Putin taklif qilgan. O‘zbekiston prezidenti “BRICS plyus” formatidagi yalpi sessiyada nutq so‘zlaydi. Uchrashuv kun tartibidan inklyuziv va barqaror taraqqiyotni ta’minlash maqsadida xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Shuningdek, global siyosatning dolzarb jihatlari muhokama qilinadi.

BRICS birlashmasi 2006 yilda tashkil etilgan. Hozirda Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Misr va Efiopiya uning a’zolari hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shavkat Mirziyoyev BRICS sammitida ishtirok etish uchun Qozon shahriga yetib bordi