
Foto: “Tatmedia”
BRIKS sammiti munosabati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomidan o‘tkazilgan tantanali ziyofatda dunyo yetakchilari qanday taomlar bilan siylangani ma’lum bo‘ldi. U 23 oktyabr kuni kechqurun Kazan Expo ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tdi. Ziyofat avvalida Putin mehmonlarga murojaat qildi.
Qadrli do‘stlar, bugun bu yerda ekanligingiz uchun tashakkur. Xalqlarimizning gullab-yashnashi, o‘zaro hamkorligimizning mustahkamlanishi va barcha ishtirokchilarning salomatligi uchun qadah ko‘tarishni taklif qilaman, deya qisqa murojaatini yakunladi Putin.

Foto: “Tatmedia”
Shundan so‘ng sammitga kelgan yetakchilar qadah ko‘tardi. Mehmonlarga tantanali qabulda quyidagi taomlar taklif etildi:
- Kartoshkali “Qistibiy” tatar noni
- Osyotr baliqli chuchvara yoki qo‘ziqorinli varenik;
- Laym sharbati;
- Sabzavot bilan pishirilgan sudak balig‘i yoki sabzavot bilan dimlangan qo‘zichoq boldiri yoki sabzavotli lazanya;

Foto: “Tatmedia”
Desert uchun vanilli muzqaymoq bilan olma pirogi yoki shokoladli tort tortilgan. Mehmonlarga alkogolsiz ichimliklar, shuningdek, Krasnodar o‘lkasining eng janubiy uzumzorlaridan keltirilgan sharoblar taklif etilgan. Taomnomalarda vegetarian taomlar alohida belgilangan.

Foto: “Tatmedia”

Foto: “Tatmedia”

Foto: “Tatmedia” “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar