Foto: Unsplash/elenatrn
Miopiya – uzoqni ko‘ra olmaslik kasalligining tibbiy nomi. 2020 yilda qariyb 2,6 milliard kishi uzoqni ko‘ra olmasligi aniqlangan. Bu raqam 2030 yilgacha 3,4 milliardga yetishi mumkin. Britaniyaning Oftalmologiya jurnalida (BJO) chop etilgan tadqiqotda ayni damda dunyodagi bolalar va o‘smirlarning uchdan biri miopiyadan aziyat chekayotgani ko‘rsatilgan.
20 yilda 3 barobar oshgan
Dastlab uzoqni ko‘ra olmaslik jiddiy muammo bo‘lib ko‘rinmaydi va uni linza yoki ko‘zoynaklar bilan tuzatish mumkin. Lekin miopiya ko‘rishning buzilishiga va ko‘rlikka olib borishi mumkin. Hozirgi trendlar miopiyaning darajasi o‘sib borayotganini ko‘rsatadi va bu «yuqori miopiya» deb nomlanadi. Bunda miopiya rivojlanib, katarakta, glaukoma darajasigacha boradi.
Miopiya bolalarda ertaroq boshlanyapti va yuqori miopiya bilan bog‘liq muammolarning paydo bo‘lishiga olib kelyapti. Tadqiqotda 1990 yildan 2023 yilgacha bolalarda miopiya 3 barobar ortganini ko‘rsatadi va o‘sish asosan pandemiyadan keyin yuqoriroq bo‘lgan. Bu jamiyatlar uchun qimmatga tushyapti. Miopiya har yili 200 milliard dollarlik xalqaro mahsuldorlikning yo‘qolishiga sabab bo‘lyapti. Agar kasallik davolanmasa, bolalarning hayot sifatiga salbiy ta’sir qiladi va akademik o‘zlashtirishini pastga tushiradi.
Tadqiqotda aytilishicha, 2050 yilgacha Osiyoda uzoqni ko‘ra olmaydiganlar 69 foizga, rivojlanayotgan davlatlarda esa 40 foizga yetishi mumkin.
Ichkarida ko‘p vaqt o‘tkazish
Miopiyaning o‘sishi genetikaga emas, ta’lim jarayonlari, ya’ni ko‘p vaqtni yopiq eshiklar ortida o‘tkazish bilan bog‘liq. Yoshingiz qanchalik kattaroq bo‘lsa, siz bolaligingizni ko‘proq tashqarida o‘tkazgan bo‘lasiz. Lekin XXI asrning aksar bolalari ota-onalarinikidan ancha boshqacharoq bolalikni boshdan o‘tkazishyapti. Chunki shaharlarda yashaydigan aholi o‘sib boryapti va ota-onalar xavfsizlik yuzasidan bolalarini ko‘proq ichkarida tutib turishga majbur bo‘lishadi.
Karantin davrida yoshlar ko‘proq vaqtini uyda va ekranlar qarshisida o‘tkazdi, bu ayniqsa yoshlar orasida miopiyaning ko‘payishiga sabab bo‘ldi.
Singapur muammoni hammadan yaxshiroq tushunyapti. Ularda uzoqni ko‘ra olmaslik darajasi yuqoriroq va bu muammoni hal qilish uchun 2001 yildan beri bir qancha tadqiqotlar olib boriladi. Masalan, bolalarni maktabdan oldin doimiy ravishda tekshirib borish, bolalarga miopiyaning oldini olish yoki kechiktirish uchun tashqarida vaqt o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnomalar bor.
Nega tashqariga ko‘p vaqt o‘tkazish ko‘rishni yaxshilaydi?
Tadqiqotchilar nega tabiiy yorug‘lik miopiyadan himoyalashining aniq sabablarini o‘rganyapti. Bunga quyoshning nuri sun’iy nurlardan yorug‘roq bo‘lib, ko‘zning yaxshiroq o‘sishiga yordam berishi sabab bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, sabablar dopamin bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Dopamin quyosh nuri ko‘z to‘r pardasiga tushganda ishlab chiqariladi. Dopamin ko‘zning juda uzoq o‘sishiga to‘sqinlik qiladi va bu miopiya ehtimolini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega.
Yoki vitamin D sintezi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Tabiiy yorug‘likda D bo‘ladi va u miopiyaning rivojlanishi oldini oladi.
Tashqarida qancha vaqt o‘tkazish kerak?
Yana bir tadqiqotda Shanhaydagi maktab o‘quvchilari test uchun 2 soatlik tashqaridagi vaqtiga qo‘shimcha 40-80 daqiqa vaqtini tashqarida o‘tkazgan. Nazoratdagi guruh esa odatdagi 2 soatdan ko‘proq vaqtini tashqarida o‘tkazgan. 2 yildan keyin miopiya test guruhida nazoratdagi guruhga qaraganda 11-16 foizgacha pasaygan.
Buyuk Britaniyaning Optometristlar kolleji klinik maslahatchisi Daniyel Hardiman-Makkartni BBC bilan suhbatda shunday deydi: “Tashqarida bo‘lish bolalar uchun haqiqatan ham foyda beradi. Mashq va bolalar uzoqroqdagi obyektlarga qarashi ko‘z nuri uchun yaxshiligi aniq. Ekspertlar 7-9 yoshgacha bo‘lgan bolalar kamida 2 soat vaqtini tashqarida o‘tkazishi kerak”, – degan u. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”