Foto: Baykar Press Office
Qozog‘iston mudofaa vaziri, general-polkovnik Ruslan Jaqsiliqov Turkiyaning Baykar Defence kompaniyasi bosh direktori Holuq Bayraqtar bilan respublikada taktik dronlarni ishlab chiqarish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi. Bu haqda 24 oktyabr kuni Qozog‘iston Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Muzokaralar Istanbuldagi SAHA EXPO-2024 ko‘rgazmasi doirasida o‘tkazildi va «samarali» deb ataldi.
«Tomonlar Qozog‘istonda dronlar, uchuvchi-taktik havo kemalari tizimlari va boshqa qurollarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalasi bo‘yicha yo‘l xaritasini tuzishga kelishib oldilar», deyiladi xabarda.
Qozog‘iston so‘nggi bir necha yil ichida Turkiyaning Anka dronini o‘z hududida ishlab chiqarish bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Ishlab chiqarish 2024 yilda boshlanishi mumkinligi xabar qilingandi, biroq bu hali sodir bo‘lgani yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”