Foto: RIA Novosti
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozondagi BRICS sammiti yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani chog‘ida KXDR harbiylari Ukrainadagi urushda qatnashish uchun Rossiya hududiga kelgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.
NBC News jurnalisti Putindan Rossiyadagi KXDR qo‘shinlari aks etgan sun’iy yo‘ldosh tasvirlari haqida so‘radi. «Ular u yerda nima qilyapti va bu Ukrainadagi urushning yanada keskinlashishiga olib kelmaydimi?», deb so‘radi muxbir.
«Rasmlar — jiddiy narsa. Agar fotosuratlar bo‘lsa, ular nimanidir aks ettiradi. Sizning e’tiboringizni Ukrainadagi keskinlashuvga Rossiyaning harakatlari emas, balki 2014 yilgi davlat to‘ntarishi sabab bo‘lganiga qaratmoqchiman, bu birinchi navbatda AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. <…> Keyin esa ular Ukrainadagi mojaroni Minsk kelishuvlari orqali tinch yo‘l bilan hal qilmoqchi ekanini aytib, bizni 8 yil davomida aldashdi», dedi Putin.
KXDR bilan munosabatlar mavzusiga qaytgan Putin 24 oktyabr kuni Davlat Dumasi KXDR bilan strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilganini eslatdi.
«Unda 4-modda bor. KXDR rahbariyati kelishuvlarimizni jiddiy qabul etishiga hech qachon shubha qilmaganmiz. Ammo nima va qanday qilishimiz - bu modda doirasidagi o‘zaro ishimiz. Birinchidan, biz ushbu 4-moddani amalga oshirish bo‘yicha tegishli muzokaralar olib borishimiz kerak, ammo biz shimoliy koreyalik do‘stlarimiz bilan aloqadamiz va bu jarayon qanday rivojlanishini ko‘ramiz», dedi Putin.
«Rossiya va KXDR o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risida»gi shartnomaning 4-moddasida quyidagilar belgilab qo‘yilgan:
«Agar Tomonlardan biri biror davlat yoki bir necha davlat tomonidan qurolli hujumga uchrasa va shu tariqa urush holatiga tushib qolsa, boshqa Tomon zudlik bilan BMT Nizomi 51-moddasiga va Rossiya Federatsiyasi va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, o‘z ixtiyorida bo‘lgan barcha vositalar bilan harbiy va boshqa yordam ko‘rsatadi».
Avvalroq, Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmati (NIS) KXDR hukumati Ukraina bilan urushda Rossiyani qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z harbiylarini yuborishga qaror qilgani haqida xabar berdi. Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, gap 12 ming harbiy xizmatchi haqida ketmoqda. O‘z navbatida, Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov Shimoliy Koreyaning 11 ming harbiy xizmatchisi Rossiya sharqida tayyorgarlikdan o‘tayotganini ma’lum qildi.
The Guardian nashrining yozishicha, KXDR harbiy muhandislari Rossiya qo‘shinlariga Shimoliy Koreyaning KN-23 raketalari bilan Ukrainaga zarba berishda yordamlashmoqda. 23 oktyabr kuni Pentagon rahbari Lloyd Ostin AQSH Shimoliy Koreya harbiylari Rossiyada ekani haqida dalillar olganini aytdi. «Ular nima qilishyapti? Biz faqat taxmin qilishimiz mumkin. Buni aniqlashimiz kerak», dedi Ostin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari