11:50 / 25.10.2024
71

Bankomat joylashgan xonaga etiklarini yechib kirgan odam olqishlandi

Bankomat joylashgan xonaga etiklarini yechib kirgan odam olqishlandi
Biz yashayotgan olamda atrofdagilarni hurmat qiladigan odamlar borligini bilish juda quvonarli. Malayziyada yuz bergan bir voqea ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining qalbida hayrat uyg‘otdi.

Bankomatdan foydalanayotgan Xayrullezran Mat Xir ismli erkak navbatda poyafzalsiz, yalangoyoq odamni ko‘radi.

Xayrullezran avvaliga hayron qoladi, keyin e’tibor bersa notanish odamning etiklari tashqariga yechib qoldirilgan bo‘ladi.

U qiziquvchanligini jilovlay olmay, notanish odamdan nega etiklarini yechganini so‘radi. Bangladesh fuqarosi bo‘lib chiqqan erkakning tushuntirishicha, uning ishi tufayli oyoq kiyimi har doim ham toza bo‘lmaydi, shu bois polni iflos qilmaslik maqsadida etiklarini yechib kirishga qaror qilgan.

Ishchi ko‘plab odamlarning maqtoviga sazovor bo‘lgani ajablanarli emas. Uning bu harakati boshqa odamlarga, ayniqsa bankda ishlaydigan farroshlarga bo‘lgan samimiy hurmatdir.

Shunaqa, bizning bankomatlarda chekni har yoqqa sochib ketadiganlar mana shu notanish odamdan o‘rnak olsa arziydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bankomat joylashgan xonaga etiklarini yechib kirgan odam olqishlandi