Xitoylik olimlar “yordamchi vositalar”dan kimyoviy moddalar yaratishga imkon beruvchi noodatiy usulni ishlab chiqdi. Buning uchun faqat suv va havo kerak. Xitoy Fan va texnologiya universiteti tadqiqotchilarining yutuqlari haqida South China Morning Post xabar berdi.
Mutaxassislar oddiy komponentlar yordamida aminokislotalar yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Organizmlar bunday molekulalardan oqsil ishlab chiqarish uchun foydalanadi. Glitsin sintezi uchun olimlar yangi yondashuvni qo‘lladi. Odatda, glitsin ishlab chiqarish uchun neftni qayta ishlash mahsulotlari, shu jumladan, aldegidlar va sianidlardan foydalaniladi. Ammo bunday yondashuvning kamchiliklari ko‘p. Birinchidan, ularni ishlab chiqarish uchun katta miqdorda energiya talab qilinadi. Ikkinchidan, ular tufayli atrof-muhitni ifloslantiradigan ko‘plab zararli chiqindilar paydo bo‘ladi.
Yangi usul yordamida olimlar karbonat angidrid, suv va kisloroddan aminokislotalar ishlab chiqarish uchun uglerod, azot, vodorod va kislorod olmoqda. Dastlab tadqiqotchilar karbonat angidridni oksalat kislotaga aylantirdi. Keyingi bir necha bosqichdan so‘ng, boshlang‘ich materiallardan elektroliz jarayoni bilan glitsin hosil qilindi.
Tajriba davomida olimlar bir kecha-kunduzda taxminan 5,16 gramm yuqori darajada toza moddani sintez qilishga erishdi. “Odatda organik sintez reaksiyalari mahsulotlarni milligrammlarda beradi. Biz shunchalik ko‘p glitsin tayyorladikki, uni kaftga sig‘dirish mumkin”, — deb ta’kidladi yangi usul mualliflari.
Xitoylik tadqiqotchilarning aytishicha, ular Yerda hayot bulutlardagi kimyoviy reaksiyalar tufayli paydo bo‘lgan degan nazariyadan ilhomlangan. Chaqmoqlar ta’sirida havo va suv aminokislotalarni sintez qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Masalan, asrning o‘rtalarida amerikalik olimlar Yerning ibtidoiy atmosferasini suv, metan, ammiak va vodorod yordamida modellashtirgan edi. Elektr zaryadlari ularga chaqmoqqa taqlid qilish imkoniyatini bergan. Xitoylik mutaxassislar yangi yondashuv kelajakda yanada murakkab aminokislotalarni yaratishga yordam beradi, deb umid qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi