
Ispaniyalik olimlar Yevropa xonadonlaridagi gaz plitalari odamlarning bevaqt o‘lishiga olib kelishi mumkinligini aniqladi. Bu haqda Bloomberg yozmoqda.
Jaume universiteti olimlari tadqiqot o‘tkazdilar, natijaga ko‘ra Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyada yiliga 40 mingga yaqin bevaqt o‘limga gaz plitasidan foydalanishda hosil bo‘ladigan azot dioksidi ta’siri sabab bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, bunday plita astmaga olib kelishi mumkin.
Har uchinchi Yevropa oilasida gaz plitalari ishlatiladi. «Jamoat salomatligi nuqtayi nazaridan, gaz plitalari zaharli», dedi tadqiqot rahbari Xuana Mariya Delgado-Saborit.
Tadqiqot Yevropa iqlim fondi notijorat tashkiloti tomonidan moliyalashtirildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar